MYU Ruben Nevesh uchun "Barselona" bilan kurashadi

Alisher
28 may 2022, 10:51
"Vulverxempton" yarim himoyachisi Ruben Nevesh faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin.

25 yoshli portugaliyalik uchun "Manchester Yunayted" da'vogarlik qilmoqda, ular Ruben uchun "Barselona" bilan kurashishlariga to'g'ri keladi.

Xavbekning o'zi Chempionlar Ligasida to'p tepishni xohlashini ma'lum qildi.

Nevesh o'tgan mavsum 36ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 2ta assist qayd etdi. Transfermarkt portali o'yinchini 40 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Sun