MYU mashg'ulotlarni bekor qildi

Mirjalol Normatov
17 mar 2020, 19:15
"Manchester Yunayted" rahbariyati asosiy jamoaning mashg'ulotlarini bekor qildi.

"Biz koronavirus haqidagi ma'lumotlarni har kuni o'rganib boryapmiz. So'nggi paytda ko'zga tashlanayotgan holatlar va qonunchilikning talabiga ko'ra, asosiy, ayollar va akademiya futbolchilar klub bazasida emas, o'z uyida mashg'ulot o'tashadi", - deb yoziladi klub matbuot xizmati bayonotida.

Eslatib o'tamiz, APL o'yinlari koronavirus tufayli noma'lum muddatga qoldirilgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: manutd.com