MYU "Lion" himoyachisiga qiziqmoqda. Ten Xag esa Dumfris transferini talab qilyapti

Aslanov Jasurbek
13 dek 2022, 00:15
"Manchester Yunayted" "Lion" himoyachisi Malo Gyustoga qiziqish bildiryapti.

19 yoshli futbolchi mankunianlarning o'ng qanot himoyasiga asosiy da'vogar bo'lib turibdi. Inglizlar o'yinchining iqtidoriga yuqori baho berishmoqda.

Gyustoning transfer narxi 30-40 mln. evro.

"Yunayted" ustozi Erik ten Xag esa "Inter" vakili Denzel Dumfrisni sotib olishni talab qilmoqda. Klub "Bayer" himoyachisi Jeremi Frimpong variantini ham ko'rib chiqmoqda.

Gyusto joriy mavsum Liga 1ning 14ta uchrashuvida maydonga tushib, 1ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/Plettigoal