MYU Lars Benderga e'tibor qaratdi

Narzulla Saydullayev
8 mar 2015, 12:30
"Bayer" yarim himoyachisi Lars Bender "Manchester Yunayted" qiziqishlari doirasiga kirib qoldi, deb xabar bermoqda Sunday People nashri.
Dastlab "qizil iblislar" ustozi Lui van Galga "Roma" yarim himoyachisi Kevin Strotman kerak edi. Biroq Rim klubi futbolchisi yana bir bor jarohat olgani tufayli Benderga e'tibor qaratildi.

MYU skauti "Bayer" - "Atletiko" uchrashuviga kelib 25 yoshli futbolchini kuzatdi. Germaniya klubi Benderni sotishga tayyor. Transfer taxminan 12 million funt sterlingga baholanmoqda. Bu mavsum futbolchi bundesligada 19ta o'yinda maydonga tushib 1ta gol urdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sport-express.ru