MYU kutilmaganda "Barselona" futbolchisi uchun kurashga qo'shildi

Alisher
6 yanv 2020, 17:58
"Manchester Yunayted" "Barselona" yarim himoyachisi Arturo Vidal uchun kurashga qo'shildi.

MYU Arturo Vidalni jarohat olgan Skott Maktomineyning o'rnida o'ynatmoqchi.

Manchester klubi chililik xavbek uchun 20 million evro taklif qilmoqda.

Oldinroq, Vidal uchun kurashda Milanning "Inter" klubi yetakchilik qilayotgan edi.

Chili terma jamoasi o'yinchisi joriy mavsum barcha musobaqalarda 39ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 1ta assistga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: football-italia.net