MYU Koutino uchun kurashga qo'shildi

Alisher
7 yanv 2021, 17:16
"Barselona" xavbeki Filippe Koutino yozda klubdan ketishi mumkin.

27 yoshli braziliyalik futbolchi uchun "Manchester Yunayted" ham da'vogarlik qilishni boshladi. "Qizil iblislar" bu borada "Chelsi" va "Arsenal" bilan raqobatga kirishishlariga to'g'ri keladi.

"Barselona" Koutinoning sotuvidan kamida 40 million evro ishlab olmoqchi.

Futbolchi joriy mavsum La Liga doirasidagi 12ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Express