MYU Keyn transferidan voz kechadi

Tolibjon Qosimov
4 apr 2020, 06:20
"Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn yozgi transfer oynasida katta ehtimol bilan "Manchester Yunayted"ga o'tmaydi.

"Manchester Evening News" nashrining o'yinchiga yaqin bo'lgan manbalarining xabar berishicha, uzoq yillik shartnomasi sabab mankunianliklarda Keynni sotib olishga hech qanday imkon yo'q.

Xarrining "shporlar" bilan hozirgi kelishuvi 2024 yilning yozida nihoyasiga etadi. "Tottenxem" Garet Beylni "Real"ga sotganidan so'ng o'zining yetakchilarini saqlab qolishga jiddiy kirishgan.

MYU hujumchi tomonidan matbuot orqali "qizil iblislar" safiga o'tish xohishi anglatuvchi harakatlarni ko'rmayapti. Shu sabab klub amalga oshish ehtimoli yuqoriroq bo'lgan nishonlarga e'tibor qaratmoqchi. Bular: Jeydon Sancho ("Borussiya D") va Jek Grilish ("Aston Villa").

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: manchestereveningnews.co.uk