MYU ketma-ket 6-marotaba ispan jamoasiga yutqazib Evrokubokni tark etdi

Aziz Tukhtamuradov
21 apr 2023, 09:32
"Manchester Yunayted" ketma-ket oltinchi marotaba ispan klubiga yutqazib, Evrokuboklardagi ishtirokini yakunladi.

Erik ten Xag jamoasi Yevropa ligasi chorak finalida "Sevilya"ga imkoniyatni boy berdi. 

2017/18 yilgi mavsumda jamoa YCHL 1/8 finalida "Sevilya"ga, 2018/19 yilda YCHL 1/4 finalida "Barselona"ga yutqazgan.

2019/20 yilda Yevropa ligasi yarim finalida "Sevilya", 2020/21 yili esa finalda "Vilyareal"ga imkoniyat boy berilgan. 

2021/22 yilda esa manchesterliklar YCHL 1/8 finalida "Atletiko"ga yutqazishgan. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Sports.ru