MYU kelasi yozda tarkibni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Sherzod Nurmatov
14 sen 2023, 14:35
Mankunianlar jamoani kuchaytirish ustida ishlamoqchi.

"Manchester Yunayted" kelasi yozda o'z tarkibiga o'zgartirish kiritishni rejalashtirmoqda. Bu haqda "Manchester Evening News" nashri xabar berdi.

MYU 4 nafar yangi futbolchini safiga qo'shib olmoqchi. Mankunianlarga qanot va markaziy himoyachi, xavbek va hujum chizig'i uchun futbolchi kerak.

Shuningdek, sotuvlar ham mavjud. Meyson Grinvud "Manchester Yunayted" safida boshqa o'ynamaydi. Vingerlar Jeydon Sancho va Antonining kelajagi so'roq ostida. Hujumchi Antoni Marsyal bilan vaziyat ham xuddi shunday.

Himoyachi Harri Maguayr va yarim himoyachi Skott Maktominey kelasi yozda "Yunayted"ni tark etishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Manchester Evening News