MYU jamoaga 120 million evro sarflab darvozabon olib kelishga tayyor

29 apr 2019, 20:11
Madridning "Atletiko" posboni Yan Oblak faoliyatini tumanli Albionda davom ettirishi mumkin.

ESPN nashri ma'lumotiga ko'ra, "Manchester Yunayted" ushbu transfer haqida bosh qotirmoqda. Mankunianliklar sloveniyalik darvoazaboni uchun 120 million sarflashga tayyor bo'lib turishibdi. E'tiborlisi, klub vakillari 26 yoshli Oblak  mana shu narxni to'liq oqlashiga ishonishmoqda. 

Klub rahbariyati De Xeaning o'yinidan norozi va MYU uning o'rniga darvozabon topishni boshladi. Qayd etish kerak, David De Xea ham "Manchester Yunayted"ga o'tishidan avval "Atletiko" sharafini himoya qilgan. 

O'xshash yangiliklar


Manba: ESPN