MYU himoyachisi terma jamoa yig'inida jarohat olib, mashg'ulot bazasini tark etdi

Eldor Akmurzayev
3 sen 2019, 22:15
Manchester Yunayted himoyachisi Aaron Van Bissaka belidan jarohat olib, Angliya terma jamoasi yig'inini tark etdi, deya xabar beradi BBC.

21 yoshli futbolchi ilk marta terma jamoa tarkibiga jalb qilingandi. Uning qachon tiklanishi esa hozircha ma'lum emas.

Eslatib o'tamiz, inglizlar Evro-2020'ning saralashi doirasida 7 sentyabrda Bolgariya bilan 10 sentyabr kuni esa Kosovoga qarshi to'qnash keladi. 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: BBC