“MYU” himoyachisi Bayi UEFA doirasidagi 3 ta o'yinga chetlatildi

Aslanov Jasurbek
24 iyul 2017, 23:05
“Manchester Yunayted” himoyachisi Erik Bayi UEFA bayrog'i ostida o'tkaziladigan 3 ta uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi, deb xabar bermoqda tashkilot rasmiy sayti.

Bunga Kotd`Ivuar terma jamoasi futbolchisining 11 may kuni Yevropa Ligasining 1/2 finalidan o'rin olgan “MYU” - “Selta” (1:1) uchrashuvida olgan qizil kartochkasi sabab bo'ldi.

O'sha javob o'yinida hakam Bayiga “Selta” hujumchisi Yon Gvidettining yuziga urgani uchun to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka ko'rsatgan edi. Endi himoyachi “Real” (8 avgust) klubiga qarshi kechadigan Yevropa Superkubogi hamda YCHL guruh bosqichining 1-turini o'tkazib yuboradi.


Erik diskvalifikaciyaning bitta o'yini uchun jazoni o'tab bo'ldi. U Yevropa Ligasi finalida maydonga tushmagan edi. 


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif