MYU futbolchisi jamoadan maoshini oshirishni talab qilmoqda

Mirjalol Normatov
20 may 2018, 13:10
"Manchester Yunayted" Maruan Fellayni bilan yangi shartnoma borasida kelishib olgani yo'q.

"Mirror" xabariga ko'ra, belgiyalik yarim himoyachi yana 2-3 mavsum mobaynida "Yunayted" tarkibida o'ynamoqchi va u haftasiga 114 ming evro maosh olmoqchi. Uning amaldagi shartnomasi yaqin orada o'z kuchini yo'qotadi va u ayni damda haftasiga 91 ming evro maosh olmoqda.

Ma'lumotlarga qaraganda, mankunianliklar Fellaynini boshqa jamoaga berib yubormaydi va u bilan yangi shartnomaga imzo chekadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mirror