MYU "Fiorentina" bilan Milenkovichning transferi borasida muzokaralar olib bormoqda

Alisher
13 apr 2021, 07:05
"Fiorentina" himoyachisi Nikola Milenkovich APLga yo'l olishga yaqin.

"Manchester Yunayted" 23 yoshli serbiyalik futbolchining yozgi transfer oynasidagi o'tishi borasida faol tarzda muzokaralar olib ormoqda.

Bitim 30-35 million evroni tashkil etadi. Oldinroq Milenkovichning MYUga o'tishga rozi bo'lgani ma'lum bo'lgan edi.

Serb joriy mavsum A Seriya doirasidgai 28ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: "Фиорентина" ҳимоячиси Никола Миленкович АПЛга йўл олишга яқин.