MYU fevral oyidan buyon ilk marta safar o'yinlarida gol o'tkazmadi

29 dek 2019, 07:45
“Manchester Yunayted” Angliya premer ligasining 20-turida safarda “Byornli” (2:0)dan ustun keldi.

Mazkur bahsga qadar manikunianliklar APL safar uchrashuvlarida qatorasiga 14 uchrashuvdan buyon o'z darvozalaridan gol o'tkazib kelayotgan edilar. “Byornli” qarshi o'yinda Susher shogirdlari ushbu noxush ananaga chek qo'yishdi. MYU so'nggi marta safar o'yinida 2019 yilning 9 fevralida “Fulxem” (3:0) bilan kechgan bahsda o'z darvozasidan gol o'tkazmagandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: ВВС