MYU "Bolonya" to'purari bilan muzokaralar olib bormoqda

Sherzod Nurmatov
17 yanv 2024, 20:50
Mankunianlar yosh hujumchi bilan shartnoma imzolamoqchi.

"Bolonya" hujumchisi Joshua Zirkzee "Manchester Yunayted"ning radarida. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg xabar bermoqda.

MYU yozda o'ynay oladigan futbolchini ko'rib chiqmoqda. Jamoalar o'rtasida allaqachon dastlabki muzokaralar bo'lib o'tgan. Unga boshqa da'vogarlar ham bor, xususan, "Yuventus".

Niderlandiyalik futbolchi "Bolonya"ning joriy mavsumdagi eng yaxshi to'purari hisoblanadi. 22 yoshli hujumchi ushbu mavsum barcha musobaqalarda 22 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 4 ta golli pas uzatdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/Plettigoal