MYU 2020 yildan beri "Chelsi"ga yutqazmayapti

Aziz Tukhtamuradov
7 dek 2023, 09:29
"Manchester Yunayted" deyarli uch yildan beri "Chelsi"ga mag'lub bo'lmaydi.

Erik ten Xag jamoasi kecha o'tkazilgan o'yinda 2:1 hisobida g'alabaga erishdi. 

So'nggi marotaba manchesterliklar 2020 yilning 19 iyulida "Chelsi"ga yutqazishgandi. O'shandan beri 5 ta durang va 2 ta g'alaba qayd etishdi. 

APLda ham "Chelsi" 2017 yilning noyabridan beri - 12 ta o'yindan buyon MYUni mag'lub eta olmaydi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta