MYU 18 yoshli xavbek bilan shartnoma imzoladi

Alisher
6 okt 2020, 13:09
"Penyarol" yarim himoyachisi Fakundo Pelistri "Manchester Yunayted"ga o'tdi.

18 yoshli urugvaylik futbolchi yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan 5 yillik shartnoma imzoladi.

Bu manchesterliklarning transferlar oynasining so'nggi kunidagi to'rtinchi transferi bo'ldi. Oldinroq, MYU Edinson Kavani, Aleks Telles va Amada Traorening transferini e'lon qilgan edi.

Pelistri Urugvay klubida butun faoliyati davomida 37ta o'yin o'tkazgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: manutd.com