

Mashhur insayder Fabricio Romanoning xabar berishicha, mankunianliklar Paragvayning "Serro Porteno" klubi a'zosi Diego Leon bilan muzokaralarni faol tarzda olib bormoqda. Manchesterliklar unga kelajak umidi sifatida qarashmoqda.
MYU o'tgan yozda Seku Koneni sotib olganidan keyin mamlakat tashqarisidan yosh iqtidorlarni izlab topishga ko'proq qiziqib qoldi. Ma'lum qilinishicha, 17 yoshli Leonning agentlari bilan uni Manchesterga 4 million dollarga olib kelish borasida muzokaralar olib borilmoqda.

Eslatib o'tamiz, paragvaylik Diego Leonning "transfermarkt.de" portalidagi narxi 1 mln evroni tashkil etadi.



