Mxitaryan va "Inter" 2 yillik shartnoma imzolashdi. Maosh – yiliga 3,5 mln evro (Nikolo Skira)

Alisher
23 iyun 2022, 14:10
"Roma" sobiq xavbeki Genrix Mxitaryan erkin agent maqomida "Inter" o'yinchisiga aylandi.

Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.

33 yoshli armanistonlik Milan klubi bilan bir mavsum uchun 3,5 mln evrolik 2024 yilga qadar shartnoma imzoladi.

"Inter" Mxitaryanning o'tishini tez orada e'lon qilishi kutilmoqda.

Oldinroq ma'lum bo'lganidek, uning "Roma"dan ketishiga Chempionlar Ligasida o'ynash xohishi sabab bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira