Mussa Dembele: "Tottenxem" barchani "Old Trafford"da hayratda qoldirishga qodir"

Omonjon To`xtamirzayev
30 dek 2014, 19:21
"Tottenxem" futbolchisi Mussa Demble jamoasi o'tgan yilgi natijani takrorlay olishi va "Manchester Yunayted"ni mehmonda mag'lub etishidan umidvor.
O'tgan mavsumda shporlar 1989 yildan buyon birinchi marta "MYU"ni mehmonda taslim etishdi. Jamoalar 1 yanvarda yana to'qnash kelishadi. – O'tgan mavsumda bizning tarkibimiz mutlaqo boshqacha edi, shu sababli u o'yinni eslashning hojati yo'q, – deya futbolchi so'zlaridan keltiradi Goal.com. – Raqib uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'radi, lekin biz ulardan qo'rqmaymiz va barchani hayratlantirmoqchimiz. Bu top-komanda. Biz uni xurmat qilamiz, lekin g'alaba uchun maydonga tushamiz.

Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sport-express.ru