Mussa Dembele bugun "Atletiko" uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi

Alisher
13 yanv 2021
"Lion" forvardi Mussa Dembele joriy mavsumning so'nggiga qadar ijara asosida "Atletiko"ga o'tishga yaqin.

24 yoshli fransiyalik futbolchi bugun tibbiy ko'rikdan o'tadi, shuningdek uning dekabrda qo'lidan olgan jarohati ham tekshiriladi.

Dembele Ispaniyada, ammo Madridda emas, Valyadolidda - qor bo'roni sabab.

Oldinroq, "Atletiko"da hujumchini 33 million evro evaziga o'z safiga qo'shib olish imkoniyati bo'lishi haqida xabar berilgan edi.


AlisherMuallif
Manba: Marca