

O'tgan mavsumni Samarqandning "Dinamo" klubida yakunlagan Kamoliddin Murzoev Malayziyaning PKNS FC klubida ko'rikdan o'tmoqda. Kuni kecha klub Vohid Shodiev to'p tepayotgan "Perak" klubi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi. O'sha bahsda Murzoev PKNS FC safida maydonga tushdi. Agar futbolchimiz murabbiylarga maqul bo'lsa u bilan shartnoma tuziladi.






