

Olingan ma'lumotlarga ko'ra, tajribali futbolchi Bunyodkorga ko'chib o'tdi. Xabaringiz bor, qaldirg'ochlar OCHLda ishtirokini pley-off bosqichidan boshlaydi. Shu bois bosh murabbiy Vadim Abramov himoyadagi muammolarni bartaraf etish maqsadida, Xolmuhammedovni qo'qonliklardan 2 oy muddatga ijaraga berishni so'ragan.
Ma'lumot uchun, Xolmuhammedov 2017-2019 yillarda "Qo'qon-1912" safida Superligada jami 80ta o'yinda maydonga tushib, 25ta gol urdi.




