Murabbiy Kevin De Bryuynening Evro-2020dagi ishtiroki haqida gapirdi

Aziz Tukhtamuradov
4 iyun 2021, 07:29
"Manchester Siti"ning belgiyalik futbolchisi Kevin de Bryuyne Evro-2020 doirasida Rossiyaga qarshi o'yinda ishtirok eta olmasa kerak.

Bu haqida Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines aytib o'tdi. 

"De Bryuyne katta ehtimol bilan Evrodagi birinchi o'yinni o'tkazib yuboradi. Uni almashtiradigan futbolchi tarkibga loyiq ekanligini isbotlashi lozim. 

Biz himoya niqobi borasidagi qarorni qabul qildik. Uni Yan Vertongenga niqob tayyorlagan kompaniyadan olamiz. U bizga yoqqandi. 

Keyingi haftaga qadar de Bryuyne borasida aniqlik bo'ladi. U Yevropa chempionatida o'ynashi mumkin, lekin ayni paytda u qachon maydonga tusha olishi mumkinligini bilmaymiz. 

Biz shifokorlardan ruxsat olishimiz kerak", - dedi Martines. 

Eslatib o'tamiz, de Bryuyne YCHL finalida "Chelsi"ga qarshi o'yinda burnini sindirib olgandi. 

Belgiyaning musobaqadagi ilk o'yini 12 iyun kuni Rossiya terma jamoasiga qarshi o'tkaziladi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Sky Sports