"Avvalombor bizni qo'llab-quvvatlab turgan O'zbekistondagi millionlab muxlislarga , O'FFga minnatdorchilik bildiraman. Tayyorgarlikni maromida olib bordik. Yuzimiz yorug' bo'lib, sovrin bilan qaytmoqchimiz. Eng yaxshi o'yinlarimizni ko'rsatamiz", - deydi terma jamoamiz a'zosi Doston Tursunov.
- Sovrinli o'rin uchun kurashadigan jamoaning tayyorgarligi shunga munosib bo'ldimi ?
O'FF mundialga tayyorgarlik ko'rishimiz uchun barcha imkoniyatni yaratib berdi. Bir necha bor tashkil etilgan xorij yig'inlarida jamoa salohiyatini bilib oldik deb o'ylayman. O'quv-mashg'ulotlarida ko'plab nazorat o'yinlari orqali o'yinni shakllantirdik. Bolalarda tayyorgarlik va ruhiy holati juda ajoyib desak bo'ladi. Oldimizda so'nggi Panama bilan nazorat uchrashuvi bor va shu o'yin orqali so'nggi tayyorgarlikni ham ko'ramiz deya olaman.
- Jamoamizda sakkiz nafar himoyachi jalb etilgan. Bu jamoaning himoyaviy o'yin ko'rsatishidan dalolatmi?
Men unday o'ylamagan bo'lar edim. Agar to'rt nafar himoyachi bilan o'ynagan taqdirda ham har bir futbolchiga bitta raqobatdosh futbolchi bor. Futbolda hech narsani oldindan aytib bo'lmaydi. Agar jarohat yoki boshqa hodisa ro'y bergan taqdirda uni o'rnini to'ldira oldigan mos futbolchi jalb etilgan deb o'ylayman. Raqobat bo'lsa bu o'sishga katta yordamdir.
- Guruhdagi raqiblar imkoniyati qay darajada o'rganildi?
Yig'inlar davomida tashkil etilgan o'rtoqlik uchrashuvlariga e'tibor qaratadigan bo'lsak Germaniya misolida Portugaliya, Gonduras misolida Urugvay, Fiji misolida Yangi Zelandiya bilan nazorat o'yinlari tashkil etildi. Shu orqali raqiblar ham o'rganilib borildi. Hozircha hammasi ajoyib. Birinchi o'yin finalga teng. Biz bir jamoamiz va ijobiy natija ko'rsata olamiz.
- Germaniya futbolchilari Yevropaning yetakchi klublarida o'ynaydi. Bu himoyachilarga katta muammo yuzaga keltiradimi?
Biz har qanday raqibga qarshi hujumkor o'yin ko'rsatamiz. Meni fikrimcha himoyaviy o'yin bizga to'g'ri kelmaydi. Raqib safidagi futbolchilar bizni cho'chita olmaydi.
- Yoshlar terma jamoamizning yetakchilari "Bunyodkor" klubidan. Sizni esa "Neftchi"da asosan zaxira yoki yoshlar safida ko'ramiz. Bu chempionatda pand berib qo'yishi mumkinmi?
To'g'ri bu muammo bo'lmaydi deya olmayman. Bizda hamma e'tibor yoshi katta futbolchilarga qaratilmoqda. "Bunyodkor"da esa asosan yoshlarga e'tibor qaratilgan. 1995-1996 yilda tug'ilgan yoshlarga ishonch bildirmoqda va terma jamoamizga samara beradi. Jahon chempionatida ajoyib o'yin ko'rsatib xorij klublariga o'tishni kutayapman.