Muhammadali O'rinboev: “Paxtakor” istedodlar “uyasi”

Narzulla Saydullayev
1 noya 2024, 14:15
Kecha "Paxtakor" safida debyut golini urgan kichik O'rinboev mazkur voqeaga to'xtalib o'tdi.

"Avvalo g'alaba bilan barchani tabriklayman. O'zbekiston yoshlar terma jamoasi o'yinlari tufayli so'nggi o'yinlarni o'tkazib yubordik. Muhimi terma jamoa bilan Osiyo Kubogiga yo'l oldik. Bugungi o'yin qiziqarli bo'ldi. Golimga kelsak, bu kunni uzoq kutdim. Keyingi mavsumda bunday o'yinlarimiz ko'p bo'lishiga va bunda o'zim ham ishtirok etishga harakat qilaman. Jamoamizda sifatli futbolchilar juda ko'p. “Paxtakor” bu borada mamlakatning eng yaxshi jamoasi, bizning klub istedodlar “uyasi", - dedi O'rinboev. 



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz