Muhammad Saloh Tokiodagi Olimpiadada qatnashadimi?

Eldor Akmurzayev
12 fev 2020
Misr U-23 terma jamoasi ustozi Shavqi G'arib “Liverpul” forvardi Muhammad Salohning Yaponiyadagi Olimpiadada qatnashishi mumkinligi ma'lum qildi.

To'rt yillikning nufuzli musobaqasida futbol bahslari 23 iyuldan 8 avgustga qadar bo'lib o'tadi. Guruh bosqichi o'yinlari esa 31 iyul kuni yakunlanishini hisobga olsak, Saloh mersisaydliklarning mavsumoldi yig'inlarini o'tkazib yuborish ehtimoli mavjud. 

Agar Misr olimpiyachilari keyingi bosqichga yo'l olsa, u holda 27 yoshli forvard APLning 2020/21 yilgi mavsum startida ham qatnasholmaydi. 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Goal