Muhammad Saloh tarixiy natija qayd etdi

Khoja
20 avg 2025, 08:25
Kecha Angliya professional futbolchilar uyushmasi tomonidan Muhammad Saloh 2024/25 yilgi mavsum yakunida ko'ra APLning eng yaxshi futbolchisi deb e'lon qilindi.

Misrlik futbolchi faoliyatida uchinchi marta ushbu sovrin bilan taqdirlandi. Avvalroq u 2017/18 va 2021/22 yilgi mavsumlar yakunida eng yaxshi deb topilgandi.

Shu tariqa, Saloh Angliya professional futbolchilar uyushmasi tomonidan uch marta taqdirlangan ilk futbolchiga aylandi. Unga qadar hech kim uch marta Angliyada mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topilmagandi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: sky sports