Muhammad Al Zaruni "Bunyodkor" ishtirokidagi ikkinchi o'yinda ishlaydi

Narzulla Saydullayev
31 mar 2014, 19:00
Ertaga OCHL 4-turidan o'rin olgan "Fulad" - "Bunyodkor" uchrashuvi bo'lib o'tadi.
O'yinni Muhammad Al Zaruni (BAA) boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

1972 yilda tug'ilgan hakam 2002 yildan buyon xalqaro o'yinlarda ishlab kelmoqda.

2013 yilgi Osiyo chempionlar ligasining 1-turidan o'rin olgan "Sanfrechche Xirosima" (Yaponiya) - "Bunyodkor" (O'zbekiston) uchrashuvida aynan Al Zaruni hakamlik qilgandi. O'sha bahsda "qaldirg'ochlar" Oleksandr Pishur va Fozil Musaevning gollari evaziga g'olib bo'lishgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia