MTJ. Qosimov tarkibni ertaga e'lon qiladi

Narzulla Saydullayev
16 may 2014, 16:24
Ma'lumki, milliy terma jamoamiz 27 va 29 may kuni Ummonga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.
Dastlabki o'yin Olmaliqda o'tkazilsa, ikkinchi bellashuvda Toshkentda bo'lib o'tadi.

Bizga ma'lum bo'lishicha, ertaga terma jamoamiz bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov mana shu o'yinlarga chaqirilgan futbolchilar ro'yxatini e'lon qiladi. Ro'yxatdan asosan o'zimizning oliy ligada to'p tepayotgan futbolchilar joy olishi kutilmoqda.

Toshkentda bo'lib o'tadigan ikkinchi bahs Maksim Shackix, Ulug'bek Baqoev va Viktor Karpenko uchun terma jamoadagi xayrlashuv o'yini bo'ladi. Demak, umumiy tarkib borasida ertaga ma'lumot olishimiz mumkin.

X.Xoliqov.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia