MTJning yaqin o'tmishdagi eng yorqin o'yinlari TV orqali namoyish etiladi
3 apr 2020, 22:18
Bu haqda Sport TV rahbari Zohid Karimov o'zining Tvittyerdagi rasmiy sahifasi orqali ma'lum qildi.
“Arxivni ko'tarib saralab, sifatiga qarab futbol bo'yicha milliy terma jamoa o'yinlarini (yaqin o'tmishdagi) tayyorlab qo'ydik. Shu kunlarda efirga joylashtiramiz. Kuzatib boring” deya yozib qoldirdi kanal rahbari ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.