MTJ yig'ini davom etadi. Bugungi mashg'ulotdan fotogalereya

Aslanov Jasurbek
14 noya 2022
Srechko Katanets boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi Qozog'iston va Rossiya bilan o'yinlarga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

"Jar" stadionida o'tgan bugungi mashg'ulotlarda 21 nafar futbolchi ishtirok etdi. Legionerlarimiz Eldor Shomurodov, Bobir Abdixoliqov, Jaloliddin Masharipov va Otabek Shukurov 15 noyabr kuni terma jamoamiz ixtiyoriga yetib keladi.

"Nasaf" yarim himoyachisi Oybek Bozorov esa kichik shikastlanish tufayli hozircha mashg'ulotlarda qatnashmayapti.


Yig'inga chaqirilgan futbolchilar ro'yxati:

Darvozabonlar - Abduvohid Ne'matov ("Nasaf"), Botirali Ergashev (AGMK), O'tkir Yusupov ("Navbahor")

Himoyachilar -Rustam Ashurmatov ("Navbahor"), Farruh Sayfiev ("Paxtakor"), Husniddin Aliqulov ("Nasaf"), Saidazamat Mirsaidov ("Olimpik"), Alibek Davronov ("Nasaf"), Umar Eshmurodov ("Nasaf"), Abdulla Abdullaev (AGMK), Sherzod Nasrullaev ("Nasaf"), Dilshod Saitov ("Nasaf")

Yarim himoyachilar - Odil Hamrobekov ("Paxtakor"), Akmal Mozgovoy ("Nasaf"), Otabek Shukurov ("Karagyumruk", Turkiya), Aziz Turg'unboev ("Paxtakor"), Oybek Bozorov ("Nasaf"), Jaloliddin Masharipov ("Al Nassr", Saudiya Arabistoni), Sardor Sobirxo'jaev ("Paxtakor"), Hojimat Erkinov ("Torpedo", Rossiya), Dostonbek Hamdamov ("Paxtakor"), Oston O'runov (klubsiz), Ruslanbek Jiyanov ("Olimpik")

Hujumchilar - Eldor Shomurodov ("Roma", Italiya), Igor Sergeev ("Tobol", Qozog'iston), Bobir Abdixoliqov ("Energetik-BGU", Belarus)



 



Bugungi mashg'ulotlardan to'liq fotogalereyani saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilish mumkin. FOTOGALEREYA 


Operator: Samandar Shokirov

Foto: Jahongir Fayzullaev


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia