Mozes: "Pedro futbolni juda yaxshi tushunadi"

Aslanov Jasurbek
26 noya 2016, 12:43
"Chelsi" yarim himoyachisi Viktor Mozes jamoa hujumchisi Pedro Rodriges o'yini haqida to'xtaldi.

"Biz Pedro bilan o'zaro o'yinimizni tushunish uchun ter to'kib ishlaganmiz. U yaxshi o'ynaydi va APLga ko'nikib bormoqda. Pedro futbolni yaxshi tushunadi. U o'z o'yinidan rohatlanadi. Menga u bilan o'ynash yoqadi, munosabatlarimiz yaxshi, bu esa jamoaga foyda keltiradi.

U hamma sovrinlarni qo'lga kiritgan ajoyib futbolchi, ushbu muvaffaqiyatlar uchun uni hurmat qilish kerak. Yangi mamlakatda qiyinchiliklarga duch kelishingiz mumkin, ammo u hammasini engib o'tdi va hozir Pedroning ishlari yaxshi. Muxlislar u jamoa o'yiniga qo'shayotgan xissasidan mamnun, biz esa u uchun xursandmiz" - deydi Mozes.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com