Mourinyuning agenti Braziliya termasi bilan muzokaralarni davom ettirmoqda

Sherzod Nurmatov
11 yanv 2023, 12:18
Joze Mourinyuning Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlanishi ehtimoli saqlanib qolmoqda.

Italiya matbuoti xabariga ko'ra, portugaliyalikning agenti Jorje Mendesh Braziliya federatsiyasi bilan aloqa qilib, muzokaralar olib borishda davom etyapti.

Asosiy savollardan biri Mourinyu qachon ishga kirishishi kerakligi. "Special one" mavsum o'rtasida "Roma"ni tark etishga tayyor emas, shuning uchun bu masala Braziliya yozgacha kutishga rozi bo'lgan taqdirdagina amalga oshadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: SPORTbible