

"Tottenxem” Fernandesh bilan shartnoma imzolashi mumkinmidi? Bu to'g'risida hech narsani bilmayman va Brununing o'rniga Jovani Lo Chelso olinganmi yo yo'qligidan ham bexabarman. Lo Chelsoni hech kim bilan almashmasdim”, deydi portugaliyalik mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, Jovani joriy mavsum APLda 21 o'yinda maydonga tushdi. Mavsum yarmidan "qizil iblislar" a'zosiga aylangan Fernandesh esa Premer Ligada 8 bahsda qatnashdi va 5+3 natija ko'rsatdi.



