Mourinyu: "Tarkibdan Matich va El-Shaaravi joy oladi, qolgan 9 nafar futbolchini tanlash kerak"

Оқил Абдубарноев
2 noya 2022, 20:08
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyu Yevropa ligasi doirasidagi "Ludogorec"ga qarshi o'yin oldidan tarkib haqida gapirdi.

"Matich to'liq formada emas, lekin u jamoaga yordam bermoqchi. Bunday futbolchilar yonida yoshlar faqat o'sadi. Ko'ramiz, Matich o'zini qanday his qiladi. O'ylaymanki, u ham El-Shaaravi singari tarkibda bo'ladi. Qolgan 9 nafar futbolchini esa tanlash kerak”, - dedi Mourinyu matbuot anjumanida.

“Ludogorec” ustidan g'alaba qozongan taqdirda “Roma” Yevropa ligasining pley-off bosqichiga yo'l oladi. Agar Joze Mourinyu shogirdlari g'alaba qozona olmasa, o'tgan mavsumda chempion bo'lgan Konferenciya ligasiga tushib ketadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: uefa.com