Mourinyu MotoGP poygasida bo'ldi

Sherzod Nurmatov
25 mar 2024
Portugaliyalik murabbiy Portugaliya Gran-prisiga tashrif buyurdi.

Joze Mourinyu MotoGP motopoygalari bo'yicha jahon chempionatining Portugaliya Gran-prisiga bordi.

Xabar qilinishicha, Mourinyu Ducati zavodi va Gresini jamoasi garajlariga tashrif buyurib, ularning rayderlari Franchesko Banyayey, Enea Bastyanini hamda aka-uka Mark va Aleks Markes bilan suhbatlashgan. Bundan tashqari, portugaliyalik poyga yakunida katakli bayroqni hilpiratdi.



Avvalroq Joze Mourinyu yanvar oyida Italiyaning "Roma" klubidan nega haydalganini haligacha tushunmasligini takidlagan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports