

"Evro favoritlari – Portugaliya, Angliya, Fransiya, ularning ortidan Germaniya va Ispaniya. Italiya Yevropa chempioni bo'lishi mumkinmi? Ishonmayman.
Ulardagi avlod uncha iqtidorli emas. Ularning yana g'alaba qozonishlariga ishonmayman", – dedi yaqinda "Fenerbaxche" ustoziga aylangan "Roma" sobiq murabbiyi.
Italiya turnirni Yevropa chempionatining amaldagi g'olibi sifatida boshlaydi. Jamoa o'tgan turnirda finalda Angliyani penaltilar seriyasiga ko'ra mag'lub etgandi.



