Mourinyu Instagram'da Allining ustidan qattiq kuldi

Alisher
12 dek 2020
"Tottenxem" yarim himoyachisi Dele Alli Joze Mourinyu qo'l ostidagi jamoaning asosiy tarkibida tez-tez ko'rinish bermayapti.

24 yoshli angliyalik futbolchi o'z kuchini boulingda sinab ko'rdi va Instagram'da post qo'ydi va yozib qo'ydi: "Kim o'ynashni xohlaydi?".

Bunga izoh qoldirganlardan biri "shporlar" ustozi Joze Mourinyu bo'ldi: "Menimcha sen".


Alli joriy mavsumda 8ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi. U maydonda jami 333 daqiqa harakat qildi.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia