Mourinyu "Atalanta"ga qarshi o'yinda maydonga tushib, raqibni haqorat qilgani uchun bitta o'yinga chetlatildi

Administrator
20 sen 2022, 23:20
Bundan tashqari Mauricio Sarri ham chetlatildi.

"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyu "Atalanta"ga qarshi o'yinda qizil kartochka olgandi. Portugaliyalik murabbiy o'shanda belgilanmagan penalti uchun hakamga o'z noroziligini bildirgandi. A Seriya bayonotida esa Mourinyu maydonga yugurib chiqqani va raqib o'yinchisini haqorat qilgani uchun bitta o'yinga chetlatilgani ma'lum qilingan. Bu holatni to'rtinchi hakam qayd etgan. 

"Lacio" bosh murabbiyi Mauricio Sarri ham chempionatda o'zining beshinchi sariq kartochkasini ishlab olgani sabab bitta o'yinga chetlatildi.

E'tiborlisi, "Roma" keyingi uchrashuvni "Inter"ga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Corriere dello Sport