Mourinyu: "APLdagi chempionlik kurashi yakunlandi"

Alisher
11 noya 2019, 11:58
Kecha APLdagi markaziy bahsda "Liverpul" "Manchester Siti"ni mag'lubiyatga uchratdi.

"Menimcha APLdagi chempionlik kurashi yakunlandi. "Liverpul" - ajoyib futbochlilardan tuzilgan mukammal jamoa. Jamoa juda ham sifatli o'ynamoqda. Agar qandaydir katta jarohatlar ro'y bermasa, mo'jiza bo'lishi qiyin", - deydi Mourinyu.

Eslatib o'tamiz, kecha "Liverpul" "Enfild"da "Manchester Siti"ni 3:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

Shunday qilib, "Liverpul" 34 ochko bilan musobaqa jadvalini boshqarib bormoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/SkySportsPL