Mourinyu: "2009 yili Kievdagi g'alabadan keyin yig'lagandim"

Mirjalol Normatov
24 may 2020, 12:55
"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourinyu "Inter"ni boshqarib yurgan paytlarida 2009/10 yilgi mavsum YCHL doirasida Kievda "Dinamo" 2:1 hisobidagi g'alabani esladi.

"Dinamo"ga qarshi o'yindan keyin yig'laganman. Faqatgina g'alaba qozonganimizdagina yig'lashim mumkin. O'shanda birinchisi edi.

Jamoa bundan-da yaxshiroq o'yin ko'rsatishi mumkin bo'lgandi. Tanaffusda o'yin rejalarini va taktikalarini o'zgartirib tashlashga majbur bo'ldim. Hattoki durang ham bizni qoniqtirmasdi.

Futbolchilarning yuragigacha kirib borishni uddaladim. Chunki turnirdan chiqib ketishga bunchalik yaqin kelmagandik", - dedi Mourinyu.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport