Mourinyu 2 mln. evro jarima to'laydi

Aslanov Jasurbek
5 fev 2019, 18:15
"Real" va "Manchester Yunayted" sobiq bosh murabbiyi Joze Mourinyu Ispaniyadagi qonunbuzarligi masalasini hal qildi.

Portugaliyalik Ispaniya soliq xizmati bilan kelishib oldi. Mourinyu sudning ayblovlarini tan oldi va 2 mln. evro miqdorida jarima to'laydigan bo'ldi.

U bu mablag'ni davlat g'aznasiga to'laydi va 3,3 mln. evro miqdoridagi jarimadan qutilib qoladi.

Shu bilan birga Mourinyu shartli ravishda 12 oy qamoq jazosini oladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Efe