Mourinyo Rossiya - Misr uchrashuvida qanday hisob bo'lishini aytdi

Aslanov Jasurbek
19 iyun 2018, 12:25
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo Rossiya terma jamoasining Misrga qarshi bo'lib o'tadigan JCH-2018 guruh bosqichi 2-tur uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

- "A" guruhidan Rossiya va Urugvay pley-offga chiqishini bashorat qilgan edingiz...

- Ular vazifani deyarli uddalashdi. Rossiyaga Misr bilan durang bo'lsa bas. O'yin 2:2 hisobida yakunlansa kerak.

- Siz jahon chempionatida 5 kun ishladingiz. Taassurotlar qanday?

- Moskvada atmosfera ajoyib, turli mamlakatlardan minglab insonlar kelgan, havo ajoyib. RT (Russia Today) studiyasi - eng yaxshilaridan biri.

Bu men uchun ajoyib tajriba. Biroq endi dam olib, o'z ishlarim bilan shug'ullanishim kerak. Biroq yarim final va final uchun RTga qaytaman - deydi murabbiy.

Rossiya - Misr uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan 23:00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: RT