Mourinyo: "Penalti bor edi"

Mirjalol Normatov
7 mar 2019
"Manchester Yunayted"ning sobiq bosh murabbiyi Joze Mourinyoning fikriga ko'ra, PSJga qarshi o'yinda Damir Shkomina penalti berib, to'g'ri ish qilgan.

"Penalti bor edi. Videotakrorni ko'rmaguncha hakam boshqacha qaror chiqarayotgandi, ammo VAR yordamga keldi. Bu mavsumda UEFA videoyordamchilar tizimiga qattiq e'tibor bermoqda. Bu tizim ko'plab insonlar qatori Aleksandr Cheferin va Roberto Rozettilarning ko'nglini tinchlantirmoqda. Oldinlari bunday pallalarda hakamlar qiyin holatga tushib qolardi. Endi ularga yuqori texnologiyalar yordamga kelgan", - dedi Mourinyo.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal.com