Mourinyo: "Odamlar "Real"da qanday faoliyat olib borganimni esidan chiqarib yuborishmoqda"

Mirjalol Normatov
18 yanv 2019, 10:14
Portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyo "Real"dagi faoliyati haqida gapirdi.

"Yevropa chempionlar ligasi aqlbovar qilmas turnir hisoblanadi. Biroq "Real"da Ispaniya kubogi va chempionatini yutganimni va rekord 100 ochkoni odamlar bazida esidan chiqarib yuborishadi. Shuningdek, biz Primeroda gol urish borasida rekordni ham qo'yganik. Agarda men yolg'on gapirayotgan bo'lsam, o'zingiz tekshirib ko'ring. "Real"da men rekordlar sari olg'a intilganman", - dedi Mourinyo.

Joze 2010-2013 yillar davomida "Real"da ishlagan. O'sha vaqtlarda jamoa Ispaniya kubogi, Superkubogi va chempionatini yutgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal.com