Mourinyo nega Mxitaryan maydonga tushmayotganini tushuntirdi

Aslanov Jasurbek
14 dek 2017, 13:12
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo "Bornmut"ga qarshi APLning 17-tur uchrashuvidan so'ng mankunianlar yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan nega o'ynamayotganini tushuntirdi.

Mxitaryan so'nggi marotaba 25 noyabr kuni maydonga tushgan edi.

"Zaxira o'rindig'ida 6 futbolchi bo'lishi kerak va men balansni saqlashga harakat qilaman. Qo'l ostimda turli poziciyalarda o'ynay oladigan ikki himoyachi va Ander Errera, Eshli Yang, Zlatan Ibragimovich va Markus Reshfordlar bor edi.

Asosiy tarkibda Marsyal, Mata va Lingardni maydonga tushirdim. Agar Mxitaryandan foydalansam, bu yigitlarning biri qaydnomaga kiritilmas edi. Ammo bugungi kunda ular maydonga chiqishga munosib deb hisoblayman" - deydi Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com