Mourinyo MYUning 7 futbolchisini sotib yubormoqchi

Aslanov Jasurbek
19 mar 2018, 17:39
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo yozgi transfer oynasi paytida jamoada katta o'zgarishlarni amalga oshirmoqchi.

Ma'lumotlarga ko'ra, klub rahbariyati va Mourinyo Lyuk Shou, Kris Smolling, Fil Jons, Deyli Blind, Matteo Darmian, Ander Errera va Xuan Matani sotib yubormoqchi. Shu bilan birga, Maruan Fellayni va Zlatan Ibragimovich klubni erkin agenti sifatida tark etadi.

Mankunianlarning asosiy transfer maqsadlari "Real" hujumchisi Garet Beyl, "Tottenxem" futbolchilari Tobi Alderveyreld va Denni Rouz, "Chelsi" yarim himoyachisi Villian, "Shaxtyor" xavbeki Fred bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport.es