"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo "Lester Siti"da iste'foga chiqarilgan mutaxassis Klaudio Ranerini qo'llab-quvvatladi.
"Angliya chempioni va FIFA talqiniga ko'ra jahonning eng yaxshi murabbiyi iste'foga chiqarildi. Zamonaviy futbol shunday. Klaudio, jilmayishda davom eting. Siz yozgan tarixni hech kim o'chirmaydi" - deydi portugaliyalik.